Rio -2016 sovrindori Diyorbek O’rozboevdan doping aniqlandi

Rio -2016 sovrindori Diyorbek O'rozboevdan doping aniqlandi

O’zbekiston terma jamoasi dzyudochisi uch yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, 2016 yil Rio -de -Janeyro Olimpiadasi sovrindori, Osiyo o’yinlari g’olibi, Osiyo chempionatining kumush medali sohibi Diyorbek O’rozboev taqiqlangan moddalarni ishlatgani uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tahlil natijalariga ko’ra, sportchi Jahon antidoping kodeksi va O’zbekiston milliy antidoping qoidalarini buzgan holda taqiqlangan «meldoniy» moddasini ishlatgani aniqlandi.
Natijada, Diyorbek O’rozboev 3 yilga musobaqada qatnashishdan chetlashtirildi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustgacha rejalashtirilgan.

Musobaqada qatnashmaslik muddati tugagunga qadar, dzyudochi Jahon antidoping kodeksining 2.1-moddasi va O’zbekiston milliy antidoping qoidalariga muvofiq xalqaro va milliy musobaqalarda qatnashishi taqiqlanadi.
Avvalroq, yil boshidan buyon o’zbekistonlik etti sportchidan doping -testi ijobiy chiqqanligi haqida xabar bergan edik.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments