Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O’razboevni tabriklaymiz!

Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O'razboevni tabriklaymiz!

Bugun Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi, Osiyo o’yinlari g’olibi, jahon va Osiyo chempionati sovrindori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi, Xalqaro toifadagi sport ustasi Diyorbek O’razboev o’z tavallud kunini nishonlamoqda.

Diyorbek O’rozboev 1993 yil 17 avgust kuni Xorazm viloyatining SHovot tumanida dunyog kelgan. Murabbiy Jamshid Xudayberganovdan ilk dzyudo saboqlarini olgan.

O’razboev faoliyatidagi eng katta yutuqqa Rio-2016 Olimpiya o’yinlarida erishgan. Ishtirokini 1/32 finaldan boshlagan hamyurtimiz bu bosqichda avstraliyalik Joshua Katcni mag’lubiyatga uchratdi. Ikkinchi uchrashuvida shveycariyalik Lyudovik SHammartendan ustun keldi. CHorak finalda esa qozog’istonlik Eldos Smetovga yutqazib qo’ydi. Bronza medali uchun kurashda avvaliga braziliyalik Felipe Kitadaini, keyin esa gruziyalik Amiran Papinashvilini taslim etib, Olimpiada sovrindoriga aylangan.

Diyorbek 2017 yil Vengriyada o’tgan jahon chempionatida bronza, 2018 yil Indoneziya mezbonlik qilgan 18-Osiyo o’yinlarida oltin medal sohibiga aylangan. 2016 yilgi Tbilisi Gran-prisi g’olibi. Ikki bor Abu-Dabi (2015, 2019), bir marotaba Baku «Katta Dubulg’a» (2016) turnirlarida bronza medallariga ega chiqqan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments