Toshkent shahri karate bo’yicha O’zbekiston kubogiga mezbonlik qilmoqda

Toshkent shahri karate bo'yicha O'zbekiston kubogiga mezbonlik qilmoqda

Toshkent shahridagi «Universal» sport majmuasida karate bo’yicha bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazilmoqda.

Bugun, 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O’zbekiston karate milliy federaciyasining yillik kalendar rejasiga asosan sportning Karate WKF turi bo’yicha bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida O’zbekiston Kubogi boshlandi.

Ushbu musobaqada Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va yurtimizning qolgan viloyatlardan 1000 nafardan ortiq sportchilar g’oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Mazkur musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylari dekabr oyida Alma-ata shahrida o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatiga, shuningdek noyabr oyida Dubayda tashkil etiladigan kattalar o’rtasidagi Jahon chempionati uchun tarkibni shakllantirib olishni maqsad qilganlar.

O’zbekiston kubogi 19 sentyabrga qadar davom etadi.

O’xshash yangiliklar

2 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments