Sambo. Bugun Toshkentda Osiyo chempionati start oladi

Sambo. Bugun Toshkentda Osiyo chempionati start oladi

Bugun poytaxtimiz Toshkentda sambo bo’yicha kattalar, yoshlar va o’smirlar o’rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.
Ushbu musobaqada O’zbekistondan tashqari Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Eron va Iroq mamlakatlaridan sambochilar ishtirok etishadi.

Bahslarda 345 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.

Bugun kun davomida quyidagi vazn toifalarida medallar uchun bahslar tashkil etiladi:

Kattalar:

Erkaklar: -58 kg, -79 kg, +98 kg.

Ayollar: -50 kg, -65 kg.

Yoshlar:

Yigitlar: -64 kg, -88 kg.

Qizlar: -54 kg, -72 kg.

O’smirlar:

O’g’il bolalar: -53 kg, -71 kg, +98

Qizlar: -47 kg, -59 kg, -80 kg.

Bahslar soat 10:00dan so’ng boshlanadi. 17:00dan keyin esa birinchi kun dasturidan o’rin olgan finallar va taqdirlash marosimi o’tkaziladi.

Osiyo chempionati O’zbekiston taekvondo WT associaciyasidagi «Universal» sport saroyida o’tkazilmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ertaga tashkil etiladi.

O’zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments