Sambochilarimiz Minskdagi turnirda sovrindor bo’lishdi

Sambochilarimiz Minskdagi turnirda sovrindor bo'lishdi

Shu kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida sambo bo’yicha xalqaro turnir o’tkazilmoqda.

Belarus Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazilayotgan «A toifa» turnirda o’zbekistonlik uch nafar sambochi ishtirok etdi.

Quvonarlisi, ularning ikki nafari yurtimizga medal bilan qaytadigan bo’ldi.

Bahslarda -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tohir Asrorov finalgacha etib bordi va kumush medalga sazovor bo’ldi. -88 kg vaznli Asqar Avganov esa bronza medaliga ega chiqdi.

Qayd etish lozimki, musobaqa davomida hamyurtlarimiz Rustam Odilov va Ulug’bek Rahmonov hakam sifatida faoliyat olib bordi.

O’zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments