Ikki nafar taekvondochimiz Olimpiada litsenziyasini qo’lga kiritishga yaqin

Ikki nafar taekvondochimiz Olimpiada litsenziyasini qo'lga kiritishga yaqin

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo’yicha Osiyo qitasi uchun licenzion turnir o’tkazilmoqda.

Musobaqada uch nafar o’zbekistonlik taekvondochi licenziya uchun kurash olib bormoqda.

Bugungi bahslarda ikki hamyurtimiz bahslarda qatnashmoqda.

Erkaklar o’rtasida -68 kg vaznli Ulug’bek Rashitov birinchi davrada mo’g’ulistonlik raqibni 28:11, ikkinchi bosqichda esa filippinlik sportchini 23:9 hisobida mag’lub etdi. Birozdan so’ng u yarim finalda qozog’istonlik Qayrat Sarimsakovga qarshi jang qiladi. Ushbu jang g’olibi final bilan birgalikda, Tokio Olimpiadasi licenziyasini ham qo’lga kiritadi.

Ayollar o’rtasidagi bellashuvlarda esa Nigora Tursunqulova -67 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashadi. Etiborlisi, ushbu vaznda faqatgina uch nafar taekvondochi qatnashadi. Licenziya esa ikkita. Mezbon sportchi Yulyana Al Sodiq reytingi yuqoriroq bo’lgani sabab to’g’ridan-to’g’ri finalga chiqqan. Aniqrog’i, u licenziyani naqd qilib qo’ygan. Yarim finalda esa Nigora Tursunqulova qatarlik Maram Fatnassiga qarshi jang qiladi. Agar taekvondochimiz ushbu jangda g’alaba qozonsa, Tokio Olimpiadasiga yo’llanma oladi.

Janglar birozdan so’ng boshlanadi.

+67 kg vaznli Svetlana Osipova esa ertaga bahslarda qatnashadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments