«Turkish Open-2021». O’zbekistonlik taekvondochilardan sakkizta medal, umumjamoa hisobida uchinchi bo’ldik!

Turkish Open-2021″ musobaqasining kattalar o’rtasidagi musobaqasi yakuniga etdi.

Unda O’zbekiston terma jamoasining 17 nafar taekvondochisi qatnashib jami 8ta medalni qo’lga kiritdi. 

Ulug’bek Rashitov, Nigora Tursunqulova hamda Nikita Rafalovich oltin medallarga ega chiqishgan bo’lsa, CHaros Qayumova, SHohruh Rajabov, Madinabonu Mannopova, SHoxsanam Azamova va SHuhrat Salaev bronza medallarini qo’lga kiritishdi. 

«Turkish Open-2021». O’zbekistonlik taekvondochilar qo’lga kiritgan medallar: 

Oltin – Ulug’bek Rashitov

Oltin – Nigora Tursunqulova 

Oltin – Nikita Rafalovich

Bronza – CHaros Qayumova 

Bronza – SHohruh Rajabov

Bronza – Madinabonu Mannopova

Bronza – SHoxsanam Azamova

Bronza – SHuhrat Salaev

Ushbu musobaqada hech bir terma jamoa 3tadan ortiq oltin medalni qo’lga kirita olmadi. O’zbekiston Ispaniya va mezbon Turkiya bilan oltin medal olish bo’yicha teng natija ko’rsatdi. 

Umumjamoa hisobida esa O’zbekiston terma jamoasi uchinchi o’rinni egalladi. Taekvondochilarimiz Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Mali kabi davlat sportchilarini ortda qoldirishga muvaffaq bo’lishdi! 

Medallar jamg’armasi:

Ispaniya – 3 oltin, 5 kumush, 3 bronza

Turkiya – 3 oltin, 4 kumush, 6 bronza

O’ZBEKISTON – 3 oltin, 5 bronza

Marokash – 1 oltin, 3 kumush, 1 bronza

Eron – 1 oltin, 1 kumush, 4 bronza

Ozarbayjon – 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza

Latviya – 1 oltin, 1 kumush

Tunis va Polsha – 1 oltin, 1 bronza

Mali – 1 oltin

Rossiya – 2 kumush, 1 bronza

CHexiya – 1 kumush

Xorvatiya, Misr, Gruziya, Norvegiya, Avstriya, Efiopiya va Ukraina – 1tadan bronza. 

O’zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments