Madinabonu Parpieva: “Bizga eng kuchli murabbiylar olib kelinmoqda”

25-26 sentyabr kunlari Toshkentda qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha “Satellite” turniri bo'lib o'tdi.

25-26 sentyabr kunlari Toshkentda qilichbozlikning rapira yo’nalishi bo’yicha “Satellite” turniri bo’lib o’tdi.

Rapira qurolida o’tgan ushbu musobaqada 4 nafar qilichbozimiz bronza medaliga sazovor bo’ldi. Ular orasida Madinabonu Parpieva ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Quyida ushbu sportchimizning musobaqa taassurotlari haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashamiz:

“Birinchi bellashuvda o’zimning xatolarim sabab qiyin vaziyatga tushib qoldim. Qozog’istonlik raqibamga qarshi bahsda 9:14 hisobida ortda borayotgan edim. Keyin o’zimga kelib oldim va 15:14 hisobi bilan g’alaba qozondim. Uzoq vaqt mashg’ulot olib bormaganimni hisobga olsa, yomon natija emas. Yarim finalda mendan ustun kelgan italiyalik qilichboz haqiqatda juda kuchli sportchi ekan. Jamoamizda rapira bo’yicha kuchli murabbiy keldi. Davlatimiz bizga dunyoning shunday kuchli trenerlarini olib kelayotgan ekan, biz bundan unumli foydalanishga, vatanimiz shanini munosib himoya qilishga vada beramiz”,

– dedi Parpieva.

Eslatib o’tamiz, mazkur musobaqa orqali qilichbozlarimiz jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarini jamg’arib olishga muvaffaq bo’ldilar.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments