Muzaffar Rajabov O’zbekiston aralash jang san’atlari associaciyasi vica-prezidente etib tayinlandi

Muzaffar Rajabov O'zbekiston aralash jang san'atlari associaciyasi vica-prezidente etib tayinlandi

O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin namoyandasi Muzaffar Rajabov yana bir lavozimga tayin etildi.

Nafaqat O‘zbekiston, balki butun MDH mamlakatlarida yuqori nufuzga ega bo‘lgan sportchimiz uzoq yillardan buyon MMA, kikboksing, qo‘l jangi kabi yakkakurash turlari bo‘yicha yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Deyarli 40 yoshni qarshi olgan hamyurtimiz sportchilik faoliyati bilan birgalikda Buxoroda yakkakurash turlarini ham rivojlantirishda qattiq mehnat qilib kelayapti.

Misol uchun, ushbu jangchimiz o‘zining “Amir Temur” sport klubiga asos soldi va u erda tarbiya qilayotgan shogirdlari ajoyib natijalar qayd etshmoqda… Azamat Nuftillaev, Hasan Bozorov kabi iste’dodlar bunga yaqqol isbot bo‘la oladi.

Shuningdek, mazkur vatandoshimiz O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Buxoro bo‘limi raisi, Buxoro qo‘l jangi federatsiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Endi, Muzaffar Rajabovga yana yangi vazifa yuklandi. Ya’ni, u 15 fevraldan O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ish boshladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments