O’zbekiston o’q otish federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasiga 12 ta yo’llanma qo’lga kiritmoqchi

O'zbekiston o'q otish federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasiga 12 ta yo'llanma qo'lga kiritmoqchi

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi hamda Turizm va sport vazirligi federatsiya va assotsiatsiyalar bilan Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik rejalarini muhokama qilishda davom etadi. Bu gal O’zbekiston o’q otish federatsiyasi sportchi va murabbiylari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Yig’ilishda MOQ rahbari Rustam Shoabudrahmonov hamda Turizm va sport vazirining o’rinbosari Avaz Karimov, Sportning qishki va murakkab turlari bo’yicha oliy sport mahorat maktabi vakili, federatsiya mutasaddilari, shuningdek, Parij-2024 Olimpiadasiga da’vogar sportchilar ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, ushbu sport Olimpiya o’yinlarida eng ko’p medal va yo’llanmalar o’ynaladigan turlardan hisoblanadi. Shu bois MOQ raisi federatsiyaning litsenziatlar borasida “drayveri” bo’lishi lozimligi, buning uchun Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

Har bir federatsiya bilan bo’lgani kabi bu gal ham sportchilar bilan birma-bir suhbat olib borildi. Bundan ko’zlangan maqsad ularda ertangi g’alabaga bo’lgan ishonchni kuchaytirish va g’oliblik ruhini singdira olishdir.

Ahamiyatlisi, uzoq tanaffusdan so’ng tajribali merganimiz, London-2012 Olimpiadasi ishtirokchisi Sakina Mamedovani ham Parij-2024 davogarlari qatorida ko’rish mumkin. Umuman olganda, O’zbekiston o’q otish federatsiyasi bo’lajak Olimpiya o’yinlarida 12 ta yo’llanma bilan ishtirok etishni maqsad qilib qo’ygan.

Uchrashuv davomida ayni paytda hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar, ularni bartaraf etish uchun zarur choralar, barcha sportchilarni zamonaviy qurol va boshqa inventarlar bilan ta’minlash bo’yicha fikrlar bildirildi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments