Rossiyalik sharhlovchi Yuriy Rozanov 59 yoshida vafot etdi

Rossiyaning «Match TV» futbol sharhlovchisi Yuriy Rozanov 3 mart kuni, 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi Mixail Mossakovskiy xabar bergan.

1961 yilning 12 iyun kuni tug‘ilgan Rozanov 1996 yilda faoliyatini «NTV-Plyus» telekanalida boshlagan. Ko‘p yillardan buyon «Match TV» telekanalida faoliyat yuritgan Rozanov so‘nggi ikki yildan buyon saraton kasalligidan aziyat chekayotgandi.

Rozanovning vafoti munosabati bilan Rossiya milliy jamoasi hamda Moskvaning «Spartak» va «Lokomotiv» klublari marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

O’xshash yangiliklar

5 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments