Sportchi Elbek Rahimov Qarshida o’ldirilgan: olti nafar gumonlanuvchi hibsga olingan

Sportchi Elbek Rahimov Qarshida o'ldirilgan: olti nafar gumonlanuvchi hibsga olingan

Yetti kishi gumon qilinmoqda, ulardan olti nafari hibsga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda sambist Elbek Rahimov Qashqadaryo viloyatida o’ldirilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuratura bu ma’lumotni tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, qotillikda gumon qilinayotgan yetti kishi, ulardan oltitasi protsessual tartibda hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97 -moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan xabarlarda qotillik Qarshida sodir etilgani, hujumchilar sportchiga bir nechta pichoq jarohatlari yetkazgani, so’ng uni mashinada olib ketgani aytilgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments