Tez orada Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi

Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi.

Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning joriy aprel oyida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Labi Hovuz” ansambli hududiga yaqin joyda, Nodir Devonbegi xonaqosi va Badriddin karvonsaroyi orasidagi bo’sh hududda yog’ochdan milliy uslubda ishlangan engil konstrukciyali katta shaxmat maydonchasini barpo etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Bu loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad, hududda sayr qiluvchilarning ham madaniy, ham intellektual hordiq chiqarishlari hamda yoshlarni shaxmat sportiga bo’lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

SHaxmat maydonchasining loyihasi tashabbuskor tadbirkor tomonidan viloyat madaniy meros boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va hozirda mazkur loyihani Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengashi bilan belgilgan tartibda kelishish ishlari olib borilmoqda.

Umid qilamizki, tez orada qadim Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar nafaqat tarixiy obidalarimizning go’zalligi va mahobatidan zavqlanishi, balki shaxmat o’ynab o’z tafakkurini yanada boyitishi mumkin bo’ladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments