Tokio-2020 tashkilotchilari koronavirus bilan bog’liq vaziyat yomonlashgan taqdirda Olimpiadani bekor qilish variantini o’ylashmoqda

Tokio-2020 to'xtatiladimi?

Tokio-2020 Olimpiadasi bosh direktori Tosiro Muto navbatdagi bayonot bilan chiqdi.

Tosiro Mutoning xabar qilishicha, agarda koronavirus bilan zararlanish holatlari avj oladigan bo’lsa, Olimpiada bekor qilinishi mumkin.

So’nggi 24 soat ichida, Olimpiada o’yinlariga bog’liq insonlardan 10tasida virus aniqlangan, shu bilan umumiy zararlanganlar soni 68 kishiga etgan.

«Biz oldindan vaziyat qanday tus olishini bilmaymiz. Shu sabab ham biz bu narsani muhokama qilamiz. Kasallanganlar soni ortishi ham, kamayishi ham mumkin. Agar kasallik holatlari ortadigan bo’lsa, u holda biz besh tomonlama muzokaralarni yana boshlashimiz mumkin», –

-dedi Tosiro Muto.

Eslatib o’tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasining 26 musobaqasi tomoshabinlar bilan, qolgan 724tasi esa bo’sh tribunalarda o’tkaziladi. Olimpiada 23 iyul kuni start olib, 8 avgust kuni o’z yakuniga etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments