Toshkentda 120 000 dollarlik «Prezident sovrini uchun» xalqaro turnir yakunlandi

Toshkentda 120 000 dollarlik "Prezident sovrini uchun" xalqaro turnir yakunlandi

Xalqaro shaxmat akademiyasida bir hafta davom etgan “Prezident sovrini uchun” Xalqaro turniri nihoyasiga etdi.

Sovrin jamg’armasi 120 000 AQSH dollari bo’lgan turnirning standart yo’nalishida rossiyalik Sanan Syugirov 7,5 ochko to’plab, g’oliblik shohsupasining eng yuqori pog’onasidan o’rin oldi. Chempionga 12 000 dollar taqdim etildi. Xans Moke Nimann (AQSH) va Maksim Matlakov (Rossiya) kuchli uchlikdan joy egallashdi.

Hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijani yosh grossmeysterimiz Javohir Sindorov ko’rsatdi – 5-o’rin! Akmal Fayzullaev 7, Jahongir Vohidov 8, Nodirbek Yoqubboev 12, Shamsiddin Vohidov 13, Nodirbek Abdusattorov 14, Abdumalik Abdusalimov 19, Ortiq Nig’matov esa 20-o’rin bilan kifoyalandi.

Musobaqaning g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Bosh vazir o’rinbosari, Turizm va sport vaziri, shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Balgaboev, Arab davlatlari shaxmat federatsiyasi prezidenti shayx Said Almualla va FIDE turnir komissiyasi raisi O’zg’ur Solak o’g’li bo’ldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments