Toshkentda Paraosiyo o’yinlari o’tkaziladi

Toshkentda Paraosiyo o'yinlari o'tkaziladi

Prezidentimiz tomonidan olimpiya va paralimpiya harakatiga alohida e’tibor qaratilib, zarur infratuzilma tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 18 maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bu sohaga keng yo’l ochdi.

Toshkent shahri yaqinida Olimpiya shaharchasi qurilayotgani, u yerda 2025 yilda yoshlar o’rtasida IV Osiyo o’yinlari o’tkazilishidan xalqimiz yaxshi xabardor.

Endi yana bir xushxabar: yoshlar o’rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o’yinlari ham Toshkent shahrida o’tkaziladigan bo’ldi. Bu haqda Osiyo Paralimpiya qo’mitasi prezidenti Majid Rashid ma’lum qilgan.

Bu musobaqani qabul qilish uchun qit’amizning bir qator yetakchi davlatlari davogarlik qilishgan edi. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo’mitasi Toshkent shahri nomzodini qo’llab-quvvatladi.

E’tiborlisi, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o’rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o’yinlari ketma-ket o’tkazilmagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments