Xorazmlik paralimpiyachilarga ham o’z sovg’alarini qo’lga kirtishdi (FOTO)

Xorazmlik paralimpiyachilarga ham o'z sovg'alarini qo'lga kirtishdi (FOTO)

XVI Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etgan sportchilarni o’z viloyatlarida tantanali kutib olish marosimlari davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Xorazmda bo’lib o’tdi. Unda sportchilari va ularning murabbiylari, ota-onalari, sportchi yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Farhod Ermanov Paralimpiya o’yinlari g’oliblarini erishgan ulkan g’alabalari bilan yana bir bor muborakbod etib, sportchilarning murabbiylari va ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

XVI Paralimpiya o’yinlarida bog’otlik paradzyudochi Uchqun Quronboev oltin, shovotlik Ro’za Qo’zieva para pauerlifting bo’yicha kumush, bog’otlik paradzyudochi Nafisa SHaripboeva bronza medalni qo’lga kiritdi.

Sportchi va murabbiylar, ota-onalar so’zga chiqib, davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan yuksak etibor va rag’bat uchun minnatdorlik bildirdilar, 2024-yilda Parijda bo’ladigan Paralimpiya o’yinlarida bundan ham yuqori natijalarni qo’lga kiritishga vada berdilar.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments